Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Haftalik doirasida bayram tadbiri o‘tkazildi
11:52 / 2025-11-20

Nukusda Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari, milliy madaniy markazlarning a’zolari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashishdi.

Tadbir ishtirokchilariga dastlab nogironligi bo‘lgan shaxslarning qo‘l mehnati mahsulotlari yarmarkasi hamda davlat granti loyihalarining taqdimoti namoyish etildi.

[gallery-26334]

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi Murat Atamuratov va boshqalar so‘zga chiqib, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga to‘xtalishdi.  

Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbarining 2024 yil 26 avgustdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, har yili "Fuqarolik jamiyati haftaligi” o‘tkazilib kelinmoqda.

Haftalik dasturiga muvofiq ochiq muloqot, Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy forumi, turli mavzulardagi konferensiyalar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu tadbirlar nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va davlat organlari va hamda jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.  

Tadbirda faol nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillariga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir so‘nggida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev, O‘zA muxbirlari