Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hadya qilingan mulkda erimning haqqi bormi?
12:42 / 2021-02-23

Yuridik klinika

– Yo‘q, haqqi yo‘q. Oila kodeksining 23-moddasiga asosan, er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.

Mazkur kodeksning 25-moddasiga asosan, er va xotinning nikohga qadar o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulki, shuningdek, ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har birining o‘z mulki hisoblanadi.

Demak, mazkur asosga ko‘ra, eringiz mulk talab qilish huquqiga ega emas.

(Ushbu material TDYUUning “Yuridik klinika”si talabalari tomonidan o‘qituvchilar nazorati ostida tayyorlandi).