Habib Nurmuhamedov – yilning eng yaxshi sport yulduzi
Rossiyalik yengil vaznda yengilmas UFC chempioni Habib Nurmuhamedov "Yilning eng yaxshi sport yulduzi" deb topildi.
Ushbu unvonga munosib ko‘rilgan Habib ovoz berish jarayonida ustundan sakrash bo‘yicha shved sportchisi Arman Duplantis, amerikalik basketbolchi Lebron Jeyms, amerikalik golfchi Dastin Jonson, fransuz futbolchisi Vendi Renar va irlandiyalik bokschi Keti Teylorni ortda qoldirgan.