Ma’lumki, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlik strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilib, so‘nggi yillarda savdo, iqtisodiyot va madaniyat sohalarida jadal rivojlanmoqda. Ikki davlat o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini sezilarli darajada oshirib, mashinasozlik, energetika, transport va turizm kabi sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqda.
Ayni kunlarda yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati, Madaniyat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, "O‘zbekiston madaniyati elchisi" faxriy unvoni va medali sohibi Gyunay Efendiyeva ko‘plab hamkorlikdagi tadbirlarda qatnashmoqda. Bugun Madaniy meros agentligi tomonidan Gyunay Efendiyeva ishtirokida poytaxtimizda joylashgan Adiblar xiyobonida Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va Maqsud Shayxzoda haykallari poyiga gul qo‘yilib, yodga olindi.
Ikki davlat rahbarlarining ta’lim sohasidagi tashabbuslari tufayli ilmiy hamkorlik imkoniyatlari chuqurlashib, tobora ko‘proq qo‘shma loyihalar ishlab chiqilmoqda va delegatsiyalar muntazam ravishda almashilmoqda. Shuningdek , o‘zaro ikki davlat hududlarida madaniyat va adabiyot kunlari, kino va ijodiy haftaliklar, gastrol safarlari, badiiy ko‘rgazmalar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Hamkorlik, ayniqsa, Buyuk Ipak yo‘li an’analari asosida o‘zaro manfaatli bo‘lib, mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Muxtasar aytganda, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi serqirra va samarali aloqalar bugungi kunda o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish yo‘lini ishonch bilan davom ettirish imkonini beruvchi mustahkam poydevorga ega.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/z7einsZr4Wk" title="Gyunay Efendiyeva: mushtarak maqsadlar sari birlashmoqdamiz..." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA