Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gvineyada o‘tish davri xartiyasi qabul qilindi
11:27 / 2021-09-28

Gvineyada prezidentni hibsda saqlayotgan isyonchilar o‘tish davri xartiyasini qabul qilganini ma’lum qildi.

Mazkur xartiyaga binoan, o‘tish davri muddati siyosiy kuchlar, fuqarolik jamiyatlari va  CNRD o‘rtasida o‘zaro kelishuvi asosida belgilanadi. "Xartiya referendum orqali qabul qilingan yangi konstitutsiya respublikaning rasmiy byulletenida e’lon qilingandan keyin amalda bo‘ladi", - deyiladi xabarda.

5 sentyabrda OAV Gvineyada davlat to‘ntarishi amalga oshirilgani haqida xabar tarqatgan edi. O‘shanda polkovnik Mamadi Dumbuya hukumat tarqatib yuborilgani, amaldagi konstitutsiya bekor qilingani va chegaralar yopilgani haqida bayonot berdi. Uning ma’lum qilishicha, prezident Alfa Konde harbiylar nazorati ostida xavfsiz joyda saqlanmoqda.

16 sentyabr kuni Gana poytaxti  Akkrada EKOVASning favqulodda sammiti chaqirildi. Unda ishtirokchilar Gvineyadan olti oy ichida saylovlar o‘tkazishni talab qilishga qaror qildi.