Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gvineyada Ebola bezgagi epidemiyasi boshlangani rasman ma’lum qilindi
13:36 / 2021-02-15

Gvineya hukumati mamlakat janubida Ebola bezgagi epidemiyasi boshlanganini e’lon qildi.

Bu haqda “Guinee114” yangiliklar portali hukumat bayonotida tayanib xabar tarqatgan. 

“Gvineya hukumati Nzerekore prefekturasi va Guyeke tumanida epidemiya boshlanganini ma’lum qiladi”, deyiladi bayonotda.

 Unga ko‘ra, bezgak bilan bog‘liq dastlabki holat Guyeke shahrida qayd etilib, 28 yanvarda kasallikka chalingan hamshira vafot etgan. 

Keyinroq kasallikka chalingan yetti kishining uch nafari qurbon bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur kasallik epidemiyasi dastlab 2015 yilda G‘arbiy Afrikada qayd etilgan bo‘lib, uch mamlakat: Gvineya, Serra-Leone va Liberiyani qamrab olgandi.