Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gvineyada 40 ta siyosiy partiya faoliyati tugatildi
12:58 / 2026-03-10

Gvineya hukumati mamlakatdagi 40 ta siyosiy partiya faoliyatini rasman to‘xtatdi. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, mamlakat Hududiy boshqaruv va markazlashtirish vazirligi qaroriga muvofiq, partiyalar markaziy va mahalliy idoralari yopiladi, shuningdek, mazkur birlashmalar ramzi, qisqartmasi va boshqa belgilaridan foydalanish taqiqlanadi.

Vazirlik qaroriga ko‘ra, mazkur partiyalar moliyaviy hisobotlarni taqdim etish majburiyatini bajarmagan. Biroq faoliyati tugatilgan bir qator siyosiy partiyalar bu ayblovlarni rad etib, barcha talablarni bajarganini bildirmoqda.

Tabiiy resurslar, jumladan boksit va temir rudasi zaxirasiga boy bo‘lgan o‘lkada parlament saylovi shu yil may oyida o‘tkazilishi kutilmoqda.

D.Hakimov, O‘zA