Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gvineya sohillarida Panama bayrog‘i ostida suzayotgan yuk kemaga hujum uyushtirildi
11:09 / 2021-10-26

Panama bayrog‘i ostida suzayotgan konteyner tashuvchi kema Gvineya sohillarida noma’lum qurollangan to‘da hujumiga uchradi.

Ayni paytda voqea joyiga harbiy kema jo‘natilgan, deyiladi dengiz xavfsizligiga ixtisoslashgan Dryad Global portali tarqatgan xabarda.

"Konteyner tashuvchi MSC LUCIA yuk kemasi Agbami neft terminalidan janubi-g‘arbiy tomonda 86 mil uzoqlikda qaroqchilar hujumiga uchragan. Hozir u yoqqa harbiy kema bormoqda", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, xabarda "ushbu hududdan o‘tayotgan kemalarga juda ehtiyot bo‘lish tavsiya etiladi", - deyiladi.

Gvineya bug‘ozida turli mamlakatlarning kemalari tez-tez qaroqchilar hujumiga uchrab turadi, ushbu hudud dengizchilar uchun juda xavfli sanaladi.