Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gvardiyachilar tomonidan ushlandi
18:42 / 2025-12-16

Qoraqalpog‘iston Respublikasida Qizil kitobga kiritilgan o‘simlikni noqonuniy ravishda olib ketayotgan shaxs gvardiyachilar tomonidan qo‘lga olindi.

Tekshiruv davomida To‘rtko‘l tumani "Oqqamish"  hududida fuqaro R.O davlat tomonidan muhofaza qilinadigan saksovul  o‘simligini tegishli ruxsatnomalarsiz kesib, o‘ziga tegishli bo‘lgan Mercedes Benz 208 rusumli yuk mashinasida olib ketayotgani aniqlandi.

Mazkur holat atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazishi, cho‘l hududlarining ekologik muvozanatini buzishi bilan xavfli hisoblanadi. Saksovul o‘simligi qum ko‘chishini oldini olish, tuproqni mustahkamlash va biologik xilma-xillikni saqlashda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli uning noqonuniy kesilishi va olib ketilishi qonun bilan qat’iyan taqiqlangan.

Holat yuzasidan qonuniy choralar ko‘rilib, fuqaroning harakatlariga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 79-moddasining 1-qismiga asosan, BHM ning 25 barobarida jami 10 300 000 (o‘n million uch yuz ming) so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan zararni qoplash uchun jami 576 800 (besh yuz yetmish olti ming sakkiz yuz) so‘m miqdorida da’vo summasi hisoblandi.

Mutasaddi idoralar fuqarolarni tabiat boyliklarini asrash va "Qizil kitob" ga kiritilgan o‘simlik va hayvonot dunyosiga zarar yetkazmaslikka chaqiradi.

N. Rahmonova, O‘zA