Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida bo‘lgani kabi Milliy gvardiya tizimida ham 1300 dan ortiq xotin-qizlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratilib, ularning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzi tobora ortib borayotir. Ayniqsa, bugungi kunda Gvardiyachi qizlarimiz yigitlar bilan bir safda jangovar bo‘linmalarda xizmat qilib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritmoqda. Ana shunday opa-singillarimizni yangilanish, go‘zallik fasli bo‘lgan bahorning ilk bayrami “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan tabriklash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devonida tantanali tadbir tashkil etildi.
Bayram tadbirida Milliy gvardiya qo‘mondoni general-polkovnik Bahodir Tashmatov ishtirok etib, ularni bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Davlatimiz tomonidan ayollarimizning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning jamiyatda tutgan o‘rnini yanada mustahkamlashga doimo alohida e’tibor qaratib kelinishini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, bir qator ayol harbiy xizmatchilar va ishchi xizmatchilar Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘i bilan idoraviy ko‘krak nishonlari, faxriy yorlig‘i, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Milliy gvardiya ma’naviyat va ma’rifat markazida Ashula va raqs ansambli xonandalari, elimiz suygan xonandalar ishtirokida bayramona konsert dasturi tashkil etilib, barchaga xush kayfiyat ulashildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/wnWrJYAhg5g" title="Gvardiyachi ayollar mehnati munosib e’tirof etildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>N.Rahmonova, U.To‘xtayev (montaj), O‘zA