Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘uzordagi olis qishloqda oilaviy bog‘cha faoliyati yo‘lga qo‘yildi (+video)
15:52 / 2023-03-02

Yangilanish va yasharish fasli — bahorning ilk kunlaridanoq Qashqadaryo viloyati Qorako‘z qishlog‘i "Omon ota" mahallasiga bayram shukuhi kirib keldi.

Mazkur mahallada hokim yordamchisi bo‘lib ishlayotgan Sherxon Xushvaqtov tashabbusi bilan tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida qishloqda davlat xususiy sherikchilik asosida 25 o‘rinli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o‘z faoliyatini boshladi.  

Ta’lim muassasasining ochilish marosimida tuman hokimligi vakillari, Xalq qabulxonasi tuman bo‘limi rahbariyati, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi a’zolari va qishloq yoshlari ishtirok etib, bolajonlar quvonchiga sherik bo‘lishdi.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/jO4v1cYJuo4" title="G‘uzordagi olis qishloqda oilaviy bog‘cha faoliyati yo‘lga qo‘yildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

"Yurtimizda biz kabi tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda qishlog‘imizda oilaviy maktabgacha ta’lim dargohini tashkil etdim, – deydi mahalliy tadbirkor Ali Chorshanbiyev. – Yangi ochilgan bog‘chamizda jajji bolajonlarimiz ta’lim-tarbiya olib, kamol topsa, biz xursand bo‘lamiz".  

Darhaqiqat, yurtimizning olis nuqtalarida ana shunday zamonaviy va shinam bolalar bog‘chasi, maktablar barpo etilayotganini ko‘rib, ko‘zingiz quvnaydi. Ularning quvonchiga sherik bo‘lgingiz keladi. Zero, bunyodkor yurtning kelajagi ham obod bo‘ladi.  

O‘tkir Alimov, O‘zA