FOTOREPORTAJ
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida Sportni rivojlantirish vazirligi, Respublika yengil atletika federatsiyasi, viloyat va tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, “Uzbekistan GTL” va “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ hamkorligida “SAVE Aral” shiori ostida “O‘zbekneftgaz” AJ raisi kubogi uchun tungi ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
[gallery-8553]
2019 yildan buyon mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilib kelinayotgan ushbu marafonga qo‘shni Buxoro viloyati hamda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan kelgan 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan 3000 dan ortiq ko‘ngilli fuqaro ishtirok etdi.
Ishtirokchilar “Uzbekistan GTL” zavodidan “Ishchilar shaharchasi”gacha bo‘lgan 3 kilometr masofani bosib o‘tishdi.
Finish chizig‘iga birinchi bo‘lib, yetib kelgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlandi. Shuningdek, “Eng yosh o‘g‘il va qiz bola ishtirokchi” hamda “Eng keksa erkak va ayol sportchi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar ham munosib taqdirlandi.
Jamshid NORQOBILOV(surat),O‘zA