Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘uzorda ishlab chiqarilgan un mahsuloti eksport bozoriga chiqmoqda
15:10 / 2026-03-03

Bu haqda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

G‘uzor tumanida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, aholini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash hamda eksport hajmini oshirishga qaratilgan loyihalar izchil amalga oshirilmoqda.

Hududiy investitsiya dasturi doirasida “G‘uzor don mahsulotlari” MCHJ tomonidan qiymati 75 milliard so‘m bo‘lgan yirik un ishlab chiqarish korxonasi tashkil etildi. Zamonaviy ishlab chiqarish liniyalari bilan jihozlangan korxonaning yillik quvvati 120 ming tonna oliy navli un mahsulotini tashkil etadi.

Loyiha doirasida Turkiyaning “Wensmak” kompaniyasi tomonidan ilg‘or texnologiyalar o‘rnatilishi natijasida ishlab chiqarish jarayonlari to‘liq avtomatlashtirildi. Bu esa mahsulot sifati va raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Shuningdek, korxonada 70 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi.

Ayni paytda korxona tomonidan Afg‘oniston Respublikasiga 4,5 million AQSH dollari miqdorida un mahsulotini eksport qilish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Eksport ishlari izchil davom ettirilmoqda. Mazkur loyiha nafaqat hudud sanoat salohiyatini oshirish, balki tashqi bozorlarda mahalliy mahsulot ulushini kengaytirishga ham xizmat qilmoqda.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri