Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“GUZ Partners” loyihasi doirasida o‘zbek va nemis to‘qimachilik sohasi mutaxassislari tajriba almashmoqda
09:32 / 2024-03-05

Shu kunlarda “GUZ Partners” loyihasi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniyada bo‘lib turibdi.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” va “Gesamtamsche” (Germaniya) uyushmalari tomonidan tashkil etilayotgan ushbu safardan ko‘zlangan maqsad to‘qimachilik sanoati mutaxassislarini, xususan, texnologlarni tayyorlash, bilimlarni uzatish, tajriba va nou-xau almashish usullari bilan tanishishdan iborat.  

Ta’kidlash kerakki, ushbu tadbir Germaniyaning Hochschule Albstadt-Sigmaringen universiteti delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi natijasida tashkil etildi. Delegatsiya Myunxberg, Albshtadt, Shtutgart va Roytlingen shaharlaridagi ta’lim muassasalari, shuningdek, AVA monomarkazi hamda Texnologiya markazi kabi muhim innovatsion markazlarda bo‘ladi.  

Bugungi kunda Hochschule Albstadt-Sigmaringen universiteti O‘zbekistonda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun yuqori malakali muhandis va texnologlarni tayyorlash imkonini beruvchi Germaniya texnologlar maktabi loyihasini amalga oshirishni faol qo‘llab-quvvatlamoqda.  

–Dastlab delegatsiya Myunxbergda Hochschule Hof universitetida bo‘ldi va bu yerda to‘qimachilik sanoati mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha Germaniya ta’lim tizimi bilan tanishdi. Shuningdek, ular Materialshunoslik instituti faoliyatini ham o‘rgandi. Bu yerda mashinasozlik, tizim materiallari, to‘qimachilik texnologiyalari va kompozit materiallar sohalarida yangi mahsulotlar va ishlab chiqarish jarayonlari amalga oshiriladi. Institut o‘zining yuqori kompetensiyaligi va 10 davlatdan keltirilgan texnik jihozlari bilan ajralib turgan holda, ishlab chiqilayotgan materiallar bo‘yicha sinovlar o‘tkaziladigan laboratoriyaga ega. Aksariyat talabalar Qozog‘iston, Chexiya, Bangladesh va Hindistondan bo‘lib, ingliz tilida o‘qiydilar va birinchi kursdan ish faoliyatini boshlaydilar, –dedi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi axborot xizmati rahbari Shahzoda Qo‘chqorova.  

Delegatsiyaning Germaniyaga  ishchi safari 7-mart kuni yakunlanadi.  

N.Ziyodullayeva, O‘zA