Guterrish: Yadro quroli xavfsizlik kafolati emas
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish fikricha, hech bir davlat xavfsizligini yadro quroli bilan ta’minlay olmaydi. Uning quyidagi bayonotini “TASS” agentligi tarqatdi:
- Xirosima va Nagasakiga qarshi yadro qurolidan foydalanish insonparvarlik falokatini keltirib chiqardi. Bu voqea insoniyat o‘zini o‘zi yo‘q qilishi mumkin bo‘lgan yangi davrni boshlab berdi. Haqiqiy xavfsizlikni hech qachon yadro quroli bilan ta’minlab bo‘lmaydi.
Xirosima va Nagasakiga atom bombasi tashlash Ikkinchi jahon urushi oxirida AQSH harbiylari tomonidan amalga oshirildi. Ularning rasmiy maqsadi Yaponiya imperiyasi taslim bo‘lishini tezlashtirish edi. Bu hujum insoniyat tarixida yadro qurolidan jangovar foydalanishning yagona namunasi edi, deyiladi bayonotda.