Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Guterrish va Erdog‘an Lvovga yetib kelishdi
18:02 / 2022-08-18

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukraina va Turkiya Prezidentlari Vladimir Zelenskiy va Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashish uchun Lvovda bo‘lib turibdi. Bu haqda BMT matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh kotib bugun Lvov universitetiga tashrif buyurdi.

“Fuqarolik jamiyati va ilmiy institutlarning hissasi zamonaviy demokratiya rivoji uchun tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur ta’lim muassasi ham bu muhim ishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Shuni mamnuniyat bilan aytishim mumkinki, BMT nizomini yaratishda universitet vakillaridan biri ishtirok etgan. Aynan bu dorilfununda nizomning asosiy tamoyillari muhokama qilingan”, dedi Guterrish.

Shuningdek, bugun Erdog‘an ham Polshaning Jeshuv shahri orqali avtomobilda Lvovga yetib keldi. Avval qadimgi Pototskix qal’asida uning Zelenskiy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Shundan keyin BMT Bosh kotibi hamda Ukraina va Turkiya Prezidentlari bir davrada muzokaralar olib borishadi.