Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Guterrish mamlakatlarni boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirdi
09:29 / 2023-01-13

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish mamlakatlarni boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslikka va’da berishga chaqirdi.

“Men barcha a’zo davlatlarni BMT Nizomi va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining qarashlari va qadriyatlariga rioya qilishga, xalqaro huquqni hurmat qilishga chaqiraman”, dedi Guterrish.

 U mamlakatlarni nizolarni tahdid yoki kuch ishlatmasdan tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi.  

 “Men barcha insonlarning va a’zo-davlatlarning teng huquqlarini tan olishga, mamlakatlarning ichki ishlarga, xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi ishiga aralashmaslik majburiyatini bajarishga chaqiraman”, dedi Bosh kotib.  

 Guterrish a’zo davlatlar BMTning hamma joyda, jumladan, Xavfsizlik kengashida ham qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirdi.

 

O‘zA