English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Guterrish: Harakatsiz o‘tgan har on dunyoni global falokatga yaqinlashtiradi
12:18 / 2022-08-05

Dunyoda geosiyosiy raqobat kuchaydi, yadroviy qarama-qarshilik xavfi oldingi o‘n yilliklarga nisbatan ancha avj olgan. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish tuzilmaning Nyu-Yorkdagi qarorgohida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi, deya xabar beradi tashkilot matbuot xizmati.

– Iqlim halokati, havo ifloslanishi va biologik xilma-xillik yo‘qolishi, shuningdek, COVID-19 pandemiyasi salbiy oqibatidan tashqari dunyo tobora urchib borayotgan qurolli mojarolarga tez-tez duch kelmoqda, – dedi Guterrish. – Shu bilan birga Ukrainadagi vaziyat butun dunyoda oziq-ovqat va energiya narxi keskin oshishiga olib keldi. Istanbuldagi muzokara natijasida oziq-ovqat va o‘g‘it narxi asta-sekin tushib, avvalgi darajasiga yaqinlashmoqda. Shunga qaramay, pandemiyadan qutulish uchun sarmoya manbasiga ega bo‘lmagan mamlakatlar muqarrar ravishda tubsiz inqirozga yaqinlashmoqda. Dunyoda keng ko‘lamli inqiroz yuzaga kelgan taqdirda manfaatdor tomonlarni birlashtira oladigan yagona tashkilot yo‘q. Harakatsiz, kutish bilan o‘tayotgan har on dunyoni global falokatga yaqinlashtirmoqda.