Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Guterrish: G‘azoda aniq qadamlar qo‘yish vaqti keldi
23:55 / 2023-11-10

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning iltimosiga ko‘ra, Parijda tashkil etilgan “G‘azo fuqarolari uchun xalqaro gumanitar konferensiya” ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi.

BMT rahbari G‘azo sektorida aniq qadamlar qo‘yish vaqti kelganini aytib, xalqaro hamjamiyatdan qo‘llab-quvvatlashni so‘radi.

Guterrish hududning begunoh aholisi, jumladan ayollar va bolalar duch kelayotgan dahshatni to‘xtatish kerakligini qo‘shimcha qildi:

– Ularning uyi vayron, yaqinlari halok bo‘ldi, eng asosiy ehtiyoji – suv, oziq-ovqat, elektr va dori-darmondan mahrum qilindi.

G‘azoga qutqaruvchi yordam kela boshlaganiga e’tibor qaratib, Bosh kotib “bu dengizdan tomchi” dedi va zarurat kuchli ekanini qayd etdi. Aholini himoya qilish uchun zudlik bilan xalqaro gumanitar qonunlarni hurmat qilish lozimligini ta’kidladi.

– Shifoxonalar, BMT obe’ktlari, boshpana va maktablarni himoya qilish, asosiy ehtiyoj vositalari, jumladan yonilg‘idan xavfsiz foydalanishni ta’minlash kerak, – dedi mulozim. – BMTning G‘azo aholisiga 1,2 milliard dollarlik gumanitar yordam ko‘rsatish chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatlash kerak. Faqat birgalikda bu dahshatli azob-uqubatni yengillashtira olamiz. G‘azoliklarga dunyo g‘amxo‘rlik qilishini kutib, umid bilan yashamoqda.

O‘zA