Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Guterrish Afg‘onistondagi ahvolni dunyodagi eng ulkan inqiroz, deb atadi
11:05 / 2023-05-03

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Afg‘onistonda yuzaga kelgan vaziyatni dunyoda kuzatilayotgan inqirozlarning eng yirigi deb atadi.

“Afg‘onistondagi vaziyatning qanchalik og‘irligiga baho berish mushkul. Bu bugungi kunda dunyodagi eng yirik gumanitar inqiroz hisoblanadi”, - dedi u Doxada bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha maxsus elchi bilan uchrashgandan keyin jurnalistlarga.

Uning ta’kidlashicha, afg‘onistonliklarning 97 foizi qashshoqlikda yashamoqda.  

“Aholining uchdan ikki qismi, ya’ni 28 million kishiga bu yil ocharchilikdan omon chiqishi uchun gumanitar yordam zarur”, - degan bosh kotib.

Guterrishning ta’kidlashicha, mamlakatda 6 million bola, ayollar va erkaklar ochlik bo‘sag‘asida turibdi.

“Bizning Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 4,6 milliard dollar yig‘ish rejamiz ham amalga oshmadi, atigi 294 million dollar to‘play oldik”, - dedi u jurnalistlarga.

Shuningdek, BMT Bosh kotibi hozir toliblar bilan uchrashish uchun qulay payt emasligini ta’kidlagan.

“Uchrashishga qulay payt bo‘lganda, men albatta bunday imkoniyatdan foydalanaman. Hozir buning vaqti emas”, - degan Antoniu Guterrish.