Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gurlanlik ilg‘or kitobxonlar aniqlandi
09:02 / 2026-02-02

Xorazm viloyatida “Yosh kitobxon” tanlovining Gurlan tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov davomida kitobsevar, bilimga chanqoq yoshlar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, eng faol yosh kitobxon nomi uchun bellashdilar.

Yoshlar ishlari agentligi va qator hamkor tashkilotlar tomonidan yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan tanlov natijalariga ko‘ra, 10-14 yoshlilar o‘rtasida Sahtiyon mahallasidan  Hilola O‘razboyeva,  15-19 yoshdagilar orasida Gulshan mahallasi vakilasi Diyora Safarova va   20-30 yoshdagi kitobxonlar ichida taxtako‘pirlik Inobat Xo‘jaboyeva g‘oliblikka eng munosib nomzodlar deb topildi va tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.  

[gallery-27417]

- Kitob mutolaa qilishni juda sevaman,  - deydi tanlov g‘olibasi Inobat Xo‘jaboyeva. - Tanlovda bir necha yillardan buyon qatnashaman. Unda ishtirokchilardan kitoblarda ilgari surilgan Vatan, oila va do‘stlarga bo‘lgan sadoqat g‘oyalari, komil inson fazilatlari yuzasidan mustaqil fikr yuritishiga alohida e’tibor qaratilgan.  Men qatnashgan 20-30 yoshdagilar yo‘nalishida 50 nomdagi o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari, ilmiy-ommabop asarlarni o‘qish belgilangan.  Men ana shu talabni inobatga olgan holda tanlovga tayyorlanganman. Ishonamanki, bu safar mamlakat bosqichigacha boraman.

Tanlov yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomnidan munosib taqdirlandi.

Ahmadjon Shokirov,

Behzod Saidov(surat),

O‘zA muxbirlari