Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gurlanda O‘zbekiston kubogi musobaqalari
11:35 / 2023-10-05

Shu kunlarda Xorazm viloyatining Gurlan tumanida bel olish va uch kurash sport turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bellashuvlari o‘tkazilmoqda.

Mamlakatimizning barcha hududlaridan 500 nafardan ziyod o‘g‘il-qiz qatnashayotgan musobaqaning dastlabki bosqichida o‘g‘il bolalar 10 ta, qizlar esa 4 ta vazn toifasida o‘z mahoratini namoyish etishdi.

Murosasiz bellashuvlarda Sherzod Qo‘shniyozov, Umidjon Saydullayev, Sabina Qidirboyeva, Fotima Idiyeva kabi yoshlar o‘z vazn toifasida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

– O‘zbekiston kubogining Gurlan tumanida tashkil etilayotganligi yurtimizning chekka-chekka hududlarida ham nufuzli musobaqalarni o‘tkazish imkoniyati yaratilayotganligini ko‘rsatmoqda. Eng muhimi, mamlakat miqyosidagi musobaqaning Gurlanda o‘tayotganligi xalqning kayfiyatini ko‘tardi. Odamlarda sportga, jismoniy tarbiyaga qiziqishni orttirib, farzandlarini sport mashg‘ulotlariga yo‘naltirishga ishtiyoqmand oilalar safini kengaytirmoqda, – deydi O‘zbekiston bel olish va uch kurash assotsiatsiyasi bosh kotibi Nosir Azizov. 

O‘zbekiston kubogi bellashuvlari 7 oktyabrgacha davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA muxbiri