Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gurlan va Bog‘otda agrologistika markazlarini tashkil etiladi
13:26 / 2023-03-31

Urganch shahrida Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. 

  Viloyat hokimi nomzod Jo‘rabek Rahimov hududni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash borasidagi taklif va rejalari haqida hisobot berdi. 

J.Rahimov oziq-ovqat balansi bo‘yicha rejalarini ham ma’lum qildi. Prezident bu borada mutasaddilarga qator topshiriqlarni berdi. 
Xususan,“Toshsoqa tizimidagi magistral sug‘orish kanalini tiklash” loyihasi 2-bosqichi amalga oshiriladi. 

Mutasaddilarga ikki hafta muddatda “Daryoliq” magistral kollektori tizimiga nasoslar o‘rnatishga 35 milliard so‘m ajratish, yil yakuniga qadar Bog‘ot, Shovot va Yangibozorda 2 ming gektarda uzum, olma va qovun plantatsiyalarini yaratib, lizing asosida tadbirkorlarga tarqatish vazifasi topshirildi. 

Bundan tashqari, 2023 yilda Gurlan va Bog‘otda agrologistika markazlarini tashkil etib, unga 5 million dollar yo‘naltiriladi. 
Mutasaddilarga: 

– uch oyda chorvachilikka ixtisoslashgan 53 ta mahallada sutni qabul qilish punktlarini ochib, tadbirkorlarga berish, bunga 20 milliard so‘m yo‘naltirish; 

– parranda go‘shti tanqis 363 ta mahallaning har birida 2 ming bosh parranda boqishga mo‘ljallangan 2 tadan loyihani boshlash, bunga 10 million dollar ajratish shartligi aytildi. 

O‘zA