Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gunay Efendiyeva “O‘zbekistonning madaniyat elchisi” unvoni va medali bilan taqdirlandi
11:53 / 2025-07-07

Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati, Madaniyat masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Gunay Efendiyeva “O‘zbekistonning madaniyat elchisi” unvoni va medali bilan taqdirlandi.

Faxriy mukofotni Gunay Efendiyevaga O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov topshirdi.  

Vazir Ozodbek Nazarbekovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan o‘zbek madaniyatini targ‘ib qilish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyat doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlanadi va yuksak baholanadi.  

Tadbirda Gunay Efendiyevaning O‘zbekistonning boy tarixi va madaniy merosini targ‘ib qilish sohasidagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.  

Gunay Efendiyeva ko‘rsatilgan ishonch va yuksak baho uchun minnatdorlik izhor etdi. U har doim mamlakatlarimiz o‘rtasidagi integratsiyani va madaniy almashinuvni mustahkamlashga tayyor ekanini ta’kidladi.  

Shuningdek, uchrashuvda joriy yilda Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan mazkur muhim sana alohida qayd etildi.  

Uchrashuv madaniy aloqalarni yanada kengaytirishga oid   kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokamasi bilan davom etdi.  

N.Usmonova,

O‘zA muxbiri