English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gumanitar tashkilotlar G‘azodagi xunrezlikdan ogohlantirmoqda
12:23 / 2025-08-14

G‘azoda ochlik chuqurlasharkan, 100 dan ortiq xalqaro gumanitar tashkilot Isroilga ochiq xat yo‘llab, yordam yetkazishni siyosiy bosim vositasiga aylantirishni bas qilishga chaqirdi. Murojaatga Oxfam va “Chegarasiz shifokorlar” (MSF) kabi yirik idoralar imzo chekkan.

Mart oyidan kuchga kirgan Isroilning qat’iyroq ro‘yxatga olish tartibi tufayli yordam tarqatish, deyarli, to‘xtagani aytilmoqda. Qoidaga ko‘ra, Isroilda faoliyat yuritish uchun falastinliklar haqida batafsil ma’lumot taqdim etish, Isroilni “delegitimizatsiya” qiluvchi bayonotdan tiyilish lozim. Aks holda faoliyat butunlay cheklanishi mumkin. Oxfam vakili Bushra Xolidiy bu jarayon “tashkilotning mustaqilligi va erkin fikr bildirish imkoniyatini qurbon qilish evaziga” faoliyat yuritishga majbur etilayotganini ta’kidladi. MSF Bosh kotibi Kris Loker G‘azodagi vaziyatni “o‘lim tuzog‘i” deb atadi.

Hamas boshqaruvidagi sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Isroil hujumi boshlangandan beri qariyb 62 000 falastinlik halok bo‘lgan. Ularning 235 nafari, jumladan 106 bola ochlik va yetishmovchilik oqibatida jon bergan.

Musulmon Ziyo, O‘zA