Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘ulomjon polvon jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi
09:58 / 2025-09-16

Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. Quvonarlisi, chempionatning erkin kurash bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga bronza medali qo‘shildi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, hamyurtimiz G‘ulomjon Abdullayev -57 kg. vazn toifasida bronza medali uchun kechgan bellashuvda Shimoliy Makedoniya vakili Vladimir Yegorov ustidan g‘alaba qozondi va jahon chempionati shohsupasiga ko‘tarildi.

Bugun dunyo birinchiligining erkin kurash bahslarida -65 kg. vaznda Umidjon Jalolov bronza medali uchun kurashadi. Shuningdek, ayollar kurashida Aktenge Keunimjayeva (-50 kg), Layloxon Sobirova (-59 kg), Ozoda Zaripboyeva (-76 kg) o‘z ishtirokini boshlaydi.

Ma’lumot o‘rnida: chempionatning yunon-rum bahslari 18–21 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda Ixtiyor Botirov, Alisher G‘aniyev,  Aytjan Xalmaxanov, Shermuhammad Sharipjonov, Abdullo Aliyev,  Aram Vardanyan, Jalg‘asbay Berdimuratov va Muhammadqodir Rasulov kabi polvonlarimiz ishtirok etadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA