“Gulobod”da mahalla fuqarolari yig‘inlari raisi saylovi bo‘lib o‘tdi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanida ham mahalla fuqarolari yig‘inlari raisi (oqsoqoli) saylovi uyushqoqlik bilan bo‘lib o‘tmoqda.
Tumandagi “Gulobod” MFYda bugungi kunda 3 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Shundan saylovda ovoz beruvchilar soni 1968 nafarni tashkil etadi. Mahalla fuqarolari yig‘ini raisi saylovida 265 nafar vakil ovoz berishda ishtirok etdi.
[gallery-7155]
Qonunchilik talablari asosida o‘tgan saylovda xalq dardini o‘zining dardi deb biladigan, mas’uliyatli, mahalla ahlini orqasidan ergashtira oladigan munosib nomzodga ovoz berildi. Shunday qilib, “Gulobod” mahalla fuqarolar yig‘iniga Abdug‘affor Haydarov 95 foiz ovoz bilan rais etib saylandi.
Hotam MAMADALIEV (surat),O‘zA