Gulmurod Xushvakov: Vatanga baxshida umrim! (+video)
"Sharaf" loyihasining bu galgi qahramoni ayni damda iste’fodagi polkovnik, Toshkent shahar faxriylar kengashi raisi — Xushvakov Gulmurod Keldiyarovich.
Umrining 38 yilini harbiylikka bag‘ishlagan qahramonimiz ko‘p yillar davomida mamlakatimiz mudofaasini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shgan. Nafaqada ekanliklariga qaramasdan yoshlarimizni harbiylikka, vatanparvarlikka targ‘ib etib kelmoqdalar.
Bir so‘z bilan aytganda u kishining hayot yo‘li bugungi yosh avlod uchun haqiqiy ibrat maktabidir.
<iframe width="815" height="458" src="https://www.youtube.com/embed/aURvhf-W9-w" title="Gulmurod Xushvakov: Vatanga baxshida umrim! " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov (video), O‘zA