FOTOREPORTAJ
Namangan shahrida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan 62-Xalqaro gullar festivaliga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.
Joriy yilning 21 maydan 21 iyunga qadar davom etadigan gullar bayramiga 5 milliondan ziyod mahalliy hamda xorijlik sayyoh kelishi kutilmoqda.
[gallery-11339]
Mehmonlarni munosib kutib olish maqsadida Namangan xalqaro aeroporti atrofida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Viloyatning “havo darvozasi” oldida o‘ttiz turdan ortiq 50 ming donaga yaqin guldan betakror kompozitsiya yaratilayotir. Bu ham festivalning o‘ziga xos tashrif qog‘ozlaridan biriga aylanadi.
Shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Madaniyat va istirohat bog‘i hamda “Afsonalar vodiysi” tematik parki ham shu kunlarda anvoiy gullarga burkanmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA