FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati markazidagi “Afsonalar vodiysi” tematik parkida 63-Xalqaro gullar festivali doirasida O‘zbekiston milliy simfonik orkestrining “Ochiq osmon ostida” deb nomlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Bosh dirijyor, xalqaro tanlovlar sovrindori Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi konsertda O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri, taniqli va yosh solistlar, jahon hamda o‘zbek kompozitorlarining mashhur asarlari, kinofilm, serial musiqalaridan namunalar ijro etildi.
Ayniqsa, O‘zbekiston, Tatariston, Boshqirdiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari xalq artisti Jenisbek Piyazov ijrosidagi ariyalar, opera va milliy xalq termalari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Jonli ijrodagi qo‘shiqlar va akapella yig‘ilganlarga o‘zgacha zavq-u shavq bag‘ishladi.
[gallery-17487]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA