FOTOREPORTAJ
Namangan shahridagi “Shodiyona” tantanalar majmuasida mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan olimlar, faol nuroniylar va yoshlar vakillari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov, viloyat “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi raisi Ikromxon Najmiddinov mazkur tadbirning maqsadi va mohiyati haqida to‘xtalib, “Inson qadri uchun” shiori ostida amalga oshirilayotgan ishlarning uzviy davomi ekanligini qayd etdi.
[gallery-23817]
Tadbirda viloyatning faol olim va olimalari, keksa avlod va yoshlar vakillari “Tashakkurnoma” hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bir piyola choy bahona dildan suhbat uyushtirilib, boy hayotiy tajribalar, ilmiy izlanishlar, kelgusi rejalar haqida fikr-mulohazalar almashildi.
San’at ustalarining badiiy chiqishlari davraga yanada fayz bag‘ishladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA