Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Gullab-yashnayotgan O‘zbekiston” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
17:09 / 2023-10-05

Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Gullab-yashnayotgan O‘zbekiston” rasmlar tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda respublikamizning turli hududlaridan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar rangtasvir yo‘nalishi bo‘yicha  ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi.  

Yoshlar ongida mustaqillik tuhfa etgan aziz ne’mat – Vatanimizdagi bugungi tinch va osuda hayot qadriga yetish, yoshlarimizning barcha sohalarda o‘z iste’dod va qobiliyatini to‘la namoyon etishi, yurtimizning chekka hududlarida yashaydigan iste’dodli yoshlarni izlab topish va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlov-ko‘rgazmada ishtirokchilarning 40 dan ortiq rangtasvir yo‘nalishidagi ijodiy ishlari namoyish qilindi.    

Tanlov so‘ngida g‘oliblar aniqlandi. Har bir o‘ringa ikkitadan nomzod aniqlandi. Xususan, birinchi o‘rin sohiblari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatidan Aysuluv Temirxanova hamda Buxoro Ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatidan Murodjon Qurbonovga nasib etdi.  

Ikkinchi o‘ringa P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi o‘quvchilari Faxriddin Zokirjonov va Gleb Zuyev loyiq ko‘rildi.  

Uchinchi o‘rinni P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi o‘quvchilari Muslima Qobilova hamda Ioanna-Karolina Chudovalar egalladi.    

G‘oliblar pul mukofotlari, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.    

 

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA