Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gullab yashnayotgan Moʻynoq (fotoreportaj)
11:12 / 2020-07-06

Xususan, tuman markazida birin-ketin zamonaviy inshootlar qurib bitkazilayotir.


Qoraqalpogʻiston Respublikasining eng chekka hududi hisoblangan Moʻynoq tumanida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari samarasida hudud koʻrkam qiyofa kasb etmoqda.

Xususan, tuman markazida birin-ketin zamonaviy inshootlar qurib bitkazilayotir. Aholi dam olish maskanlari va xiyobonlar obodonlashtirilib, atrofga turli xil dekorativ daraxtlar oʻtkazilmoqda.

Qisqa vaqt mobaynida tumandabir nechta maktabgacha taʼlim muassasasi, sport kompleksi, amfiteatr, madaniyat saroyi, koʻp qavatli turar joylar va boshqa obyektlar foydalanishga topshirildi. Shuningdek, aholiga xizmat koʻrsatish tarmoqlari, mehmonxona, muzey, savdo shoxobchalari va ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Yaqin kunlarda foydalanishga topshirilgan “Oq kema” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi esa moʻynoqlik yoshlarga katta quvonch bagʻishladi.Bir soʻz bilan aytganda, Moʻynoq kun sayin gullab yashnamoqda.