Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Guliston"liklarning chirog‘i endi o‘chmaydi
18:13 / 2025-02-01

Sayxunobod tumanining Guliston mahallasidagi Xalqobod, Nishon yo‘li, Fayz, Bozor yo‘li, Xosiyatli, Qo‘shtamg‘ali va Armug‘on ko‘chalaridagi aholini ko‘pdan buyon elektr energiyasi bilan bog‘liq muammo qiynab kelardi.

Yog‘ingarchilik va qish- qirovli kunlarda bu yaqqol bilinardi. Mavjud simyog‘ochlarga tortilgan tok o‘tkazgich bilan bog‘liq muammo elektr energiyasining tez-tez elektr tarmog‘idan uzilishiga sabab bo‘layotgandi.

Aholining bu boradagi muammosi tuman va viloyat elektr tarmoqlari korxonalari mas’ullari tomonidan o‘rganilib, uzoq yillik muammo bartaraf etildi.Elektr energiyasi ta’minoti uzluksizligini ta’minlash maqsadida  4,050 metr masofaga zamonaviy havo tarmog‘i tortildi. Buning natijasida mazkur mahallada istiqomat qilayotgan 1300 nafar aholiga qarashli 225 xonadon charog‘onligi ta’minlandi.

Endi "Guliston"liklarning yomg‘irli va qorli kunlarda ham chirog‘i o‘chmaydigan bo‘ldi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri