Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gulistonliklardan yangi loyiha: “Gulxan atrofidagi yoshlar”
12:05 / 2022-01-31

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Guliston tuman bo‘limi tashabbusi bilan “Sharq haqiqati” mahallasida yangi – “Gulxan atrofidagi yoshlar” loyihasi amalga oshirildi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etildi.

Ushbu loyiha orqali yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish asosiy vazifalar etib belgilangan.

Unda yoshlar gulxan atrofida jam bo‘lib, kuy-qo‘shiqlar, she’rlar, monologlar ijro etdi.

Shuningdek, mahalla yoshlari uchun "Munozara" turniri bo‘yicha seminar tashkillashtirildi. So‘ng yoshlar stol tennisi, shaxmat-shashka, voleybol kabi sport musobaqalarida bellashdi.

Loyiha doirasidagi bunday tadbirlar har bir mahallada tashkil etilishi yoshlarning kelgusida yanada jipslashishiga, halol raqobat muhitini shakllantirishga, musiqa, san’at, sportga qiziqishlarini oshirishga zamin yaratadi.

Kelajak bilimli, sog‘lom, vatanparvar yoshlar qo‘lidadir.



Sh.Suyarov, O‘zA