English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gulistonlik qiz xalqaro ingliz tili fani olimpiadasi g‘olibi
11:04 / 2023-10-07

“HIPPO” dunyoda ingliz tili fani bo‘yicha xalqaro olimpiada, deb tan olingan. Ushbu olimpiada 11 yildan beri o‘tkazilib kelinadi va har yili ushbu olimpiadada 60 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etadi.

“HIPPO -2023” da 67 davlatdan jami 83 295 nafar o‘quvchi qatnashdi. Shular orasidan 3 ming nafari o‘zbekistonlik o‘quvchilardir. 

Guliston shahridagi “Ideal Study” xususiy maktabining 3-sinf o‘quvchisi Nigora To‘ychiboyeva ham ushbu “HIPPO -2023” xalqaro olimpiadasida ishtirok etdi. Nigora saralash va yarim final bosqichlaridan muvaffaqiyatli natija ko‘rsatib, Italiya davlatining Rim shahrida har yili o‘tkazilib kelinadigan jahon final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Jahon final bosqichiga O‘zbekistondan jami 9 nafar ishtirokchi taklif qilindi. Olimpiada imtihoni 4 qobiliyatni tekshirish (so‘zlashish, yozish, tinglab tushunish va o‘qib tushunish) bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra, Nigora To‘ychiboyeva umumiy 100 ballik tizimdan 100 foiz natija ko‘rsatdi va 67 ta davlatdan kelgan o‘z tengdoshlari orasida 1 o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Eng qiziqarlisi, bu natijani boshqalar ham qayd etdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Nigora shunchaki g‘olib emas, u super chempion!

Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri