Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gulistonlik olim xalqaro grant sohibi bo‘ldi
18:01 / 2025-11-17

Guliston davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti Dostonbek Eshpulatov AQSHning The George Washington University tomonidan taqdim etilgan to‘liq moliyalashtirilgan $10 600 miqdoridagi uch oylik Visiting Fellowship grantini qo‘lga kiritdi.

Grant Yevropa, Rossiya va Yevroosiyo tadqiqotlari instituti huzuridagi Markaziy Osiyo dasturi (Central Asia Program – SAP) tomonidan e’lon qilingan “SAP O‘zbekiston: Islohotlar va taraqqiyot yo‘llari” loyihasi doirasida berildi.

Mazkur grant doirasida Guliston davlat universiteti olimlari va The George Washington University tadqiqotchilari hamkorlikda O‘zbekiston islohotlari va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishlarida “Policy Brief” tayyorlaydi. Bu ilmiy ishdan davlat va nodavlat sektorlarda foydalaniladi.

–  Bu grant men uchun va universitetimiz uchun katta imkoniyatdir. Hamkorlik doirasida tayyorlanadigan Policy Brief O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalariga ilmiy asos yaratadi. Shu bilan birga, yosh olimlarimizni xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishga ilhomlantiradi va universitetning xalqaro maydondagi obro‘sini yanada oshiradi, –   deydi Dostonbek Eshpulatov.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri