French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gulistonga zamonaviy yo‘lovchi avtobuslari keltirildi
17:59 / 2024-09-21

Guliston shahri aholisi va shaharga kelib-ketadigan mehmonlar uchun qulayliklar yaratish, namunali transport xizmatini yo‘lga qo‘yish, eskirgan transport vositalarini ekologik toza transport vositalariga almashtirish maqsadida Guliston shahridagi “Uchlik ishonch savdosi” mas’uliyati cheklangan jamiyati Xitoy davlatining "YUTONS" kompaniyasidan 8 ta yangi va zamonaviy yo‘lovchi avtobusini xarid qildi.

— Mazkur avtobuslar davlatimiz rahbarining  2023 yil 16 fevraldagi "Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorining ijrosi doirasida keltirildi. Yil oxiriga qadar ushbu jamiyat tomonidan yana 12 ta, shahardagi "TRANS-IMKON-SERVIS"   mas’uliyati cheklangan jamiyat  tomonidan ham  12 ta avtobus keltiriladi,  — deydi Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi transport  tashuvlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i  Rauf Ubaydullayev.  

Har bir avtobusning  narxi 75 ming dollardan  bo‘lib,  lizing shartnomasi asosida olindi. Bu esa Guliston shahrida jamoat transporti faoliyatini yanada yaxshilash,   yo‘lovchilarga namunali transport  xizmatini ko‘rsatish, qatnovlar oralig‘ini  qisqartirish, shaharning sayyohlik jozibadorligini oshirish imkonini beradi.  

[gallery-19387]

G‘. Primov, Sh. Ortiqboyev (surat), O‘zA muxbirlari