Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gulistondagi “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasiga ikki ming nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi
09:53 / 2023-09-03

FOTOREPORTAJ

Gulistonda O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 32 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.  

Keng ko‘lamli sport harakatiga ikki ming nafarga yaqin barcha yoshdagi professional sportchilar, sog‘lom turmush tarzi ixlosmandlari ko‘ngilli ravishda qo‘shilib, faollik ko‘rsatdi.  

Guliston Davlat pedagogika institutidan “Bilimdonlar maskani” xiyobonigacha bo‘lgan 3 kilometrlik masofani o‘g‘il bolalardan birinchi bo‘lib Viktor Surenko, qizlardan Despina Bandaletova va imkoniyati cheklangan shaxslardan Jasur Davronov hamda Mohinur Xonto‘rayeva bosib o‘tdi. Shuningdek, 5 yoshli Muhammadyusuf Ulug‘bekov “Eng yosh ishtirokchi”, 66 yoshli Qosimjon Normaxmatov “Eng keksa ishtirokchi” va Aliqul Elbekov “Eng faol ishtirokchi” nominatsiyasiga loyiq topildi.  

Taqdirlash marosimida so‘zga chiqqan viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev barchani mamlakatimizning davlatimiz Mustaqilligining 32 yilligi bayrami bilan qutladi. “Yangi Nafas” ijtimoiy loyihasi aholi orasida sog‘lom turmush tamoyillarini keng yoyish, odamlarni bir maqsad atrofida birlashtirish va jipslashtirishga xizmat qilishini ta’kidladi.  

[gallery-13408]

Musobaqa g‘oliblari va faol ishtirokchilarga medal, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.  

Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA