Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gulistondagi xususiy maktablar soni ko‘paydi
14:34 / 2023-09-01

Guliston shahridagi "Madaniyat" mahallasida 160 o‘ringa mo‘ljallangan "ALIF" xususiy maktabi ochildi. Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi, senator Akmaljon Mahmudaliyev, shahar hokimligi, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutasaddilari, faxriylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Maktabda ta’lim jarayoni davlat dasturiga muvofiq, ikki — o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Hozircha 1 sinfdan 7 sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar qamrab olinadi. Ona tili, rus tili, ingliz tili va matematika fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi. Sinflardagi o‘quvchilar soni esa 15-20 nafarni tashkil etadi.

Shuningdek, boshlang‘ich sinflardanoq o‘quvchilarga mantiq, informatika, mental arifmetika, yuqori sinflarga mnemonika va biznes yuritish saboqlari fan sifatida o‘qitiladi. O‘quvchilarning nonushtasi va tushligi uchun oshxona, shuningdek, kutubxona va tibbiyot xonalari ham tashkil qilingan. Bundan tashqari, logoped va psixolog xizmatlari, maktabga tayyorlov, yuqori sinflarni yo‘nalishlar kesimida oliygohlarga tayyorlash kabi qo‘shimcha xizmatlar yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.

Sh.Suyarov, Sh.Ortiqboyev (surat), O‘zA