Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gulistonda yangi o‘quv markazi ochildi
17:24 / 2025-09-06

Yoshlarning bilimga chanqoqligini qondirish va iqtidorini yuksaltirish yo‘lida Guliston tumanida yana bir zamonaviy ta’lim maskani ish boshladi. “Furqat” mahallasida “Auction Study” o‘quv markaziga qarashli “Uch qahramon” filiali tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratilgan bu maskanda xorijiy tillar, matematika va aniq fanlar yo‘nalishida muntazam mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Darslarni tajribali pedagoglar zamonaviy metodlar asosida olib borishi yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytiradi.

Ochilish marosimida tuman hokimining o‘rinbosari Xurshid Chelibayev, mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etishdi.

–  Bu markaz yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Ular nafaqat bilim, balki hayotiy tajribaga ham ega bo‘lishadi, –  dedi tuman hokimining o‘rinbosari Xurshid Chelibayev.

Markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun tadbirkor tomonidan 120 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Shu bilan birga, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilib, malakali mutaxassislar jalb etildi.

Nuroniylar va mehmonlar yangi markaz bilan yaqindan tanishib, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholashdi.

Eng muhimi, “Uch qahramon” filiali yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni kelajakda raqobatbardosh kadr sifatida shakllantirishga mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri