Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Guliston”da yangi mavsum oldidan muhim uchrashuv
20:03 / 2026-02-13

"Guliston" futbol klubi prezidenti Oybek Ashurmatov hamda Sirdaryo viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Bo‘ronovlar jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

Yig‘ilish yangi mavsum oldidan jamoaning tayyorgarlik jarayonlarini muhokama qilish, ustuvor vazifalarni belgilab olish va klub faoliyatiga oid muhim masalalarni ko‘rib chiqish maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuv davomida jamoaning mavsumoldi tayyorgarlik rejasi, o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari sifati, futbolchilarning jismoniy va taktik tayyorgarlik darajasi atroflicha tahlil qilindi. Nazorat uchrashuvlari va yig‘inlar samaradorligi yuzasidan ham fikr almashildi.

Klub prezidenti Oybek Ashurmatov jamoa oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad va vazifalarni yana bir bor ta’kidlab, har bir futbolchidan maydonda yuqori mas’uliyat, intizom va fidoyilik talab etilishini qayd etdi.

Shuningdek, klubda yaratilgan shart-sharoitlar, infratuzilma, mashg‘ulot va tiklanish jarayonlari uchun mavjud imkoniyatlar muhokama qilindi. Jamoa a’zolarining taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash va sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda murabbiylar shtabi hisoboti ham eshitildi. Ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, rejalashtirilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va nazorat uchrashuvlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida klub rahbariyati jamoaga bo‘lgan ishonchini bildirib, yangi mavsumda munosib natijalar qayd etilishiga ishonch bildirdi.  

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri