Adliya vazirligi faxriylar kengashi, vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari hamda "Madad" NNT vakillari Sirdaryo viloyatida bo‘lishib, Guliston shahar davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tanishuv davomida markazda aholi va tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, xizmat ko‘rsatish jarayonlarining samaradorligi hamda ochiqlik va shaffoflik prinsiplariga rioya etilishi o‘rganildi.

Kengash a’zolari fuqarolar bilan bevosita muloqot qilib, ularning markaz faoliyati, xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligi yuzasidan fikr-mulohazalari bilan qiziqishdi. Shuningdek, FHDYO bo‘limidagi sharoitlar ham, FHDYO va Notarial arxivlarda hujjatlarni saqlash holati ham ko‘zdan kechirildi, jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan murojaatlarga berilgan javoblar sifati tahlil qilindi, ayrim taklif va mulohazalar bildirildi.

Jamoatchilik kengashi va NNT vakillari tomonidan xizmatlar sifatini yanada oshirish, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonini tezlashtirish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri