French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gulistonda taekvondo (WT) bo‘yicha mamlakat kubogi o‘tmoqda
16:01 / 2025-04-09

Gulistonda joylashgan «Alpomish» sport saroyida taekvondo (WT) bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi davom etmoqda. Unda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 1300 nafarga yaqin yigit va qizlar o‘zaro raqobatlashmoqda.

Musobaqaning ilk kunida Azizbek Toirov, Umarali Abdujabborov, Farruhbek Ibrohimov, Xudoynazar Shodmonov, Mardona Husniddinova, Ominaxon Kamalova, Mohidil O‘ktamjonova kabi yosh taekvondochilarimiz o‘z vazn toifalarida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Mazkur musobaqa bo‘lib o‘tayotgan bir vaqtda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasining Bosh kotibi Murodjon Mamadaliyev boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Mutasaddilar Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektorda berilgan vazifalarning ijrosi bo‘yicha sport sohasi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvda ishtirok etganlar mas’ullardan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA