Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gulistonda “stol tennisi”ni sevuvchilar jamlandi
15:49 / 2022-06-21

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o‘tkazilayotgan stol tennisi bo‘yicha musobaqaning final bosqichi start oldi.

Joriy yil aprel oyidan boshlangan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasidagi sportning yengil atletika, voleybol, stritbol, stol tennisi, shashka va ворка́ут turlari bo‘yicha musobaqaning final bosqichlari barcha viloyatlarda o‘tkazilmoqda.

Musobaqa davlatimiz rahbarining 2022 yil 11 apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilayotir.

Sirdaryoda 3 yosh toifasi – 16-21, 22-26, 27-30 bo‘yicha sportning stol tennisi turi bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasidagi B va C bosqichlari bayramona boshlandi.

Unda bugungi kunda sportga berilayotgan e’tibor, mahalla yoshlarini ommaviy sportga jalb etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan ishlar natijasida “Besh tashabbus” musobaqalari mahalla olimpiadasiga aylanib ulgurganligi ta’kidlandi.

Ma’lumot o‘rnida, stol tennisi musobaqasida barcha viloyatlardan 200 nafarga yaqin ishtirokchilar g‘oliblik uchun bellashmoqda. Birinchi kungi bahslarda hozircha Namangan, Navoiy, Buxoro va mezbon Sirdaryo viloyati jamoalari faollik ko‘rsatdi.

Bahslar davom etmoqda.

Shuhrat Suyarov, O‘zA