English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gulistonda “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida yoshlar sayli bo‘lib o‘tdi
21:16 / 2023-04-03

FOTOREPORTAJ

Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasida “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi loyihasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri hamda gala-konsert bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, “Beton sanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktorining o‘rinbosari Hilola Obidova, Shirin shahar “Farhod” mahallasi xotin-qizlar faoli Shohista G‘afforova, “Bek klaster” korxonasi rahbari Ulug‘bek Sotiboldiyev, “Yangi Sirdaryo” gazetasi bosh muharriri Muhammad Ismoilov so‘zga chiqib, mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida jadal islohotlar amalga oshirilayotganligini qayd etdi. Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, ularning mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tdilar.

[gallery-11264]

O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova, taniqli estrada xonandalari Yorqinxo‘ja Umarov va Nilufar Usmonova ham o‘z chiqishlarida yoshlarni muhim siyosiy jarayonlarga befarq bo‘lmaslikka chorladilar.

Gala-konsert dasturi doirasida san’atkorlarning musiqiy chiqishlari tadbir ishtirokchilariga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA