French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gulistonda odam savdosiga qarshi kurashishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
11:34 / 2021-04-30

Guliston qurilish kolleji negizida tashkil etilgan Xorijga vaqtincha mehnat qiluvchi fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazida odam savdosiga qarshi kurashishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sirdaryo viloyati filiali rahbariyati, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, «Istiqbolli avlod» nodavlat notijorat tashkiloti mas’ul xodimlari, huquqshunoslar, markazda kasb-hunar o‘rganayotgan fuqarolar ishtirok etgan tadbirda «Odam savdosi to‘g‘risida»gi qonun mazmun-mohiyati, bu borada hamkor tashkilotlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

Tadbirda tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi o‘zgarishlar, fuqarolarni xorijga tashkiliy yuborish shartlari va bosqichlari, «Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori bo‘yicha yaratilayotgan qulaylik va imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.

Tadbir ishtirokchilariga odam savdosiga qarshi kurashishni targ‘ib qiluvchi tarqatma materiallar berildi. O‘quv markazida yaratilgan sharoitlar ko‘zda kechirildi.