Joriy yilning 7 iyunidan Guliston shahridagi 17 ta umumta’lim maktabi qoshida kunduzgi bolalar oromgohlari o‘z faoliyatini boshladi.
– Yozgi oromgohlarimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi ta’minlanmoqda, — deydi Guliston shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasini bajaruvchisi Samandar Ortiqov.
[gallery-2741]
– Mavjud oromgohlarda jami 2 ming 500 nafar o‘quvchi hordiq chiqaradi. Bolajonlar musiqa, san’at, rasm chizish, sport bilan shug‘ullanishi, kitob o‘qishi, bichuv-tikuv bilan mashg‘ul bo‘lishi hamda maroqli dam olishi uchun barcha sharoit yaratilgan.
Xususan, shahardagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan “Boychechak” kunduzgi bolalar oromgohi 80 nafar o‘g‘il-qizni o‘z bag‘riga oldi. Bu yerda bolajonlarning har bir kuni mazmunli va taassurotlarga boy o‘tishi uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilgan.
Furqat TOSHMATOV (surat), O‘zA