Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gulistonda "Kitobxonlik festivali" o‘tkazildi
09:19 / 2022-03-28

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida "Kitobxonlik festivali" o‘tkazildi.

Festival Prezidentimizning 2019 yil 30 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 5 ta muhim tashabbus doirasida belgilangan ishlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.

Viloyat hokimligi, Xalq ta’limi va Madaniyat boshqarmalari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va viloyat bolalar kutubxonasi hamkorligida o‘tkazilgan tanlovlar, zukkolar bahsi, kitoblar namoyishi yoshlarni bir maqsad – kitob o‘qishga chorladi.

“Kitobxonlik festivali” davomida "Yilning eng yaxshi kitobxon maktabi", "Yilning eng yaxshi mushoirasi", "Eng faol maktab kutubxonachisi", "Kitobxon bobojon" tanlovlarida g‘olib bo‘lgan kitobxonlar rag‘batlantirildi.

Tadbirda kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Sh.Suyarov, F.Toshmatov (surat), O‘zA