Gulistonda bitiruvchilar rekord natija qayd etdi
Joriy o‘quv yilida Sirdaryo viloyatining Guliston tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilari katta yutuqqa erishdi — ularning barchasi davlat oliy ta’lim muassasalari talabasi bo‘ldi.
Yo‘nalishlar kesimida 35 nafar o‘quvchi davlat granti asosida, 7 nafar o‘quvchi esa to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etildi.

Eng e’tiborli jihati — shu maktabning bir yoki ikki emas, balki 12 nafar bitiruvchisi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga grant asosida o‘qishga kirdi.

Maktab ma’muriyatining ta’kidlashicha, bu natijalar o‘qituvchilarning yuqori malakaga egaligi, zamonaviy ta’lim usullarining natijadorligi va o‘quvchilarning a’lo o‘qishlari samarasidir. Shu bilan birga, bitiruvchilarning aksariyati tuman va viloyat darajasidagi fan olimpiadalari, ilmiy tanlovlar hamda madaniy-sport tadbirlarida faol ishtirok etgan.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri